Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Murojaatlar tahlil qilindi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga joriy yil davomida 188 ta yozma, 187 ta og‘zaki,  262 ta ishonch telefoni jami 637 ta murojaatlar kelib tushgan.Birlashmaga kelib tushgan murojaatlarni tarmoqlar kesimida tahlil qilganda Aloqa sohasida 15 ta, Agrosanoat tarmog‘ida 85 ta, Davlat muassasalari va jamoat xizmati sohasida 57 ta, Neft-gaz va geologiya sohasida 50 ta, Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari sohasida 17 ta, Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika xodimlari sohasida 91 ta, Iste’mol, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 34 ta, Ta’lim, fan va madaniyat sohasida 203 ta, Transport va qurilish industriyasi sohasida 31 ta, Energetika sohasida 9 ta, Kimyo sohasida 8 ta va kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan shaxslardan 36 ta murojaatlar kelib tushgan.Birlashmada kelib tushgan murojaatlarni qonun buzilish holati va mazmuni bo‘yicha tahlil qilinganda ish haqi, mukofot to‘lovlari, ish va dam olish vaqti tartib qoidalarini buzish to‘g‘risida 164 ta, mehnat shartnomasini bekor qilish, o‘zgartirish, intizomiy jazo qo‘llash tartiblarini buzish bo‘yicha 143 ta, moddiy yordam va sihatgohlarga yo‘llanma ajratishga oid 74 ta, jamoa shartnomada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaslik haqida 150 ta, mehnatni muhofazasiga oid 38 ta, kasaba uyushmalari faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan masalalar bo‘yicha 66 tani tashkil etdi.Ushbu kelib tushgan murojaatlarning 375 tasi bo‘yicha o‘rganilib, 55 ta holatda taqdimnomalar kiritilib 188 ta shaxslar huquqlari tiklandi hamda 262 ta ishonch telfoni orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.Shuningdek, kasaba uyushma tashkilotlariga 112 marotaba amaliy yordamlar ko‘rsatildi, shundan 85 marotaba boshlang‘ich tashkilotlarga, 27 marotaba tuman kengashlarida amaliy yordam ko‘rsatildi hamda ijtimoiy mehnat munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha 62 marotaba tushuntirish va xulosalar berildi. Huquqiy madaniyatni amalga oshirish bo‘yicha joylarda 104 marotaba davra suhbatlari, seminarlar va boshqa chiqishlar qilindi. Bundan tashqari 432 ta birlashmaga tegishli hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.   Shu bilan birga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Yuridik bo‘limi mutaxassislari tomonidan 2015 yilda Qarshi shahridagi Maktabgacha ta’lim muassasasining mudirasi Rahmonova Gulnora, Yakkabog‘ tuman 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori Donayev Zokirlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari ish beruvchilar tomonidan amaldagi Mehnat qonunchiligi talabiga zid holda bekor qilingani munosabati bilan ish beruvchilarga kiritilgan taqdimnomalar orqali avvalgi ishlariga qayta tiklandilar.   Shu barobarda Chiroqchi paxta tozalash aksiyadorlik jamiyatining xodimi Nuraliyev Turdi, “SHo‘rtangazkimyo” majmuasining xodimasi Abdullayeva Marziya, Qarshi tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktab kutubxonachisi Musayeva Mahbuba, Dehqonobod tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Rahimqulov Asomiddin, Xalq banki Qashqadaryo viloyat filiali xodimasi Xurramova Sayima, Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinikasining bosh vrachi Eshimov Jo‘raqul, Qashqadaryo viloyat davlat veterinariya labaratoriyasining xodimi Alimov Bobosher, G‘uzor tumani 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabining xodimasi Mamatova Feruza hamda Yakkabog‘ qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining xodimasi Jo‘rayeva Shahnozalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari ish beruvchilar tomonidan Mehnat qonunchiligi talablari ochiqdan-ochiq buzilishi oqibatida g‘ayriqonuniy tarzda bekor qilinganligi sababli, ushbu xodimlar avvalgi ishlab kelgan ishlariga qayta tiklandilar. Shuningdek, ish beruvchilarning aybi bilan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash muddatlari kechiktirilgan “Qashqadaryo parmalash ishlari” MCHJ, Bashoqli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali, “Shurtangazkimyo” majmuasi, Qashqadaryo texnologik transport,, “Talimarjon” IES qurilish shu’ba korxonasi, Muborak “Suvoqava” filiali, Koson tumani Pistali QVP, singari korxona va tashkilotlarining kasaba uyushma a’zolariga jami bo‘lib, 40 million 928 ming so‘m miqdoridagi ish haqlarini undirib berilishiga ko‘maklashildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!