Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari – yoshlar e’tiborida” aksiyasi

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” ijrosida kasaba uyushmalari yoshlarining faol ishtirokini ta’minlash hamda “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, bu ishlarga yoshlarni keng jalb etish borasida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Yoshlar birlashmasi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, joriy yilning 1 dekabr kuni Yakkabog‘ “Saxovat” internat uyida “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari – yoshlar e’tiborida” aksiyasi o‘tkazildi.Aksiya doirasida internat uyiga 20 nafar a’zodan iborat yoshlar guruhining tashrifi uyushtirildi hamda “Saxovat” internat uyi atrofi yoshlar tomonidan obodonlashtirilib, u yerda yashovchi qariyalar, nogiron va yolg‘izlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Shuningdek, tadbir davomida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan olib berilgan bir dona kir yuvish mashinasi internat uyiga homiylik sifatida topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!