O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan Respublika kengashining 2018 yil 5 apreldagi RK/15 sonli modemnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “Yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori barcha ta’lim muassasalarga yetkazildi va ijrosi ta’minlanmoqda.
Yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, ular ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida Shahrisabz shahridagi Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyiga joriy yilning 17-18 aprel kunlari tumandagi Pedagogika va turizm kasb-hunar kolleji, 8-,20-,73-umumiy o‘rta ta’lim maktabilari o‘quvchilari tashrif buyurdi va muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimiz boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar.