Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Namunali xona” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

     Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalar turar joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning yashash sharoitini yanada yaxshilash hamda erkin fikrga ega va ilmga chanqoq, zukko va bilimdon  talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy  yiling 18 dekabr kuni institutning 2-sonli talabalar turar joyida, 25 dekabr kuni 1-sonli talabalar turar joyida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim bilan hamkorlikda “Namunali xona” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlov davomida talabalar istiqomat qilayotgan  xonalarning toza ozodaligi, o‘quv darsliklari va badiiy adabiyotlarning mavjudligi, xonalarning jixozlanish tartibi va tozaligi kabi shartlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘ringa talabalar A.Ibragimov, J.Boymurodovlar yashayotgan 217-xona , 2-o‘ringa talabalar D.Rahmonov, M.Qurbonovlar yashayotgan  103-xona,  3-o‘ringa esa talabalar A.Abdullayev, R.Tursunov hamda M.Xurramovlar yashayotgan 305-xonalar munosib ko‘rildi va namunali xona deb topildi.

Tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Tilovatov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi Z.Eshonqulov, 1 va 2-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagoglari S.Normurodov, A.Nurmatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Namunali xona deb topilgan xonalarda yashayotgan talabalarga institut rektorining faxriy yorlig‘i va institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!