Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Navoiy ash’ori bolajon tilida!

     Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho asarlar xalqimizning buyuk merosi hamda yosh avlod tarbiyasi uchun ibrat maktabi hisoblanadi.

 Aynan shu munosabat bilan bugun «Dehqonobod kaliy zavodi» Aksiyadorlik jamiyat tasarrufidagi «Jajji kimyogar» maktabgacha ta’lim muassasasida buyuk mutafakkir, davlat arbobi hamda so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosib nishonlandi.

«Buyuk siymolar» nomli bayram tadbirida bolajonlar Alisher Navoiyning ruboiy, g‘azal va hikmatli so‘zlaridan namunalar aytish bilan bir qatorda, uning hayot yo‘li aks etgan sahna ko‘rinishini ham ijro etishdi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!