Yurtimizga butun tarovati, go‘zalligi bilan fasllar kelinchagi bahor kirib keldi. Tabiatda yasharish va yangilanish mavsumini boshlab beradigan bu maftunkor fasl betakror bayramlari bilan yanada fayzli, jozibali va qalbimizga yaqindir. Serquyosh diyorimizda Navro‘z ayyomining keng nishonlanayotgani ham buni yorqin isbotlab turibdi. «Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lgan insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir.
Shu munosabat bilan Shahrisabz tuman Mo’minobod MFY Mo’minobod qishlog’i hududida joylashgan ta’lim muassasalari, mahalla va O’zbekisto talim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi bilan hamkorlikda 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Navro’z- qadr-qimmat, mehr-muruvvat va an’analar timsoli” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni tuman kengashi raisi S.Abdullayev, mahalla fuqarolar yig’ini raisi A.Shukurov, musiqa va san’at maktabi direktori I.Mahmudovlar bayram ishtirokchilarini tabrikladilar.
Shundan so’ng san’at maktabida ta’lim olayotgan o’quvchilar ishtirokida konsert dasturi tamoyish etildi. Dosh qozonga sumalak pishirildi.