Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi – bo‘lajak mutaxassislar uchun mustahkam poydevordir!

      I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘limi tinglovchilari majmuaning texnologik jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida 2020 yil 9-10 yanvar kunlari  “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJga tashrif buyurdilar.

Ular tashriflari davomida majmuaning bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq sexlarida bo‘lib texnologik jarayonlarni kuzatishga muvaffaq bo‘ldilar.

Tinglovchilar majmuaning yuragi sanaladigan boshqaruv pulti xizmatida bo‘lib, mazkur xizmatdagi  xodimlarning  mehnat faoliyatlari, o‘z ishining ustalarining ish jarayonlarini kuzatib ularning mahorat sirlari to‘g‘risida suhbatlashdilar.

Majmuada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni  ishlab chiqarish jarayoni va qadoqlash jarayonlarini kuzatish bo‘lajak neft-gaz sohasini tanlagan yoshlar uchun juda qiziqarli bo‘ldi.

Katta qiziqish bilan majmuaga tashrif buyurgan yoshlar  o‘z ishining ustalaridan mahorat darslari olish baxtiga muyassar bo‘ldilar.

Majmuamiz mehmonlari polietilen ishlab chiqarish sexida bo‘lib, u yerda ishlab chiqarilayotgan  mahsulotlar va ularni jo‘natishgacha bo‘lgan tayyorlov  jarayonlarini kuzatdilar.

Majmuaga sayohatlari davomida katta taassurot olgan I.M.Gubkin nomidagi Rosssiya davlat neft va gaz universitetining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘limi tinglovchilari ushbu sayohatni tashkillashtirishda bosh-qosh bo‘lgan “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga neft va gaz sanoati haqida taassurotlarining boyishiga imkon yaratib berganligi uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!