Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

O‘qituvchilar va murabbiylar e’zozda.

             O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 28 sentabr kuni “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi.

              Tadbirda ta’lim tizimida uzoq yillardan beri mehnat qilib, sohada yuqori natijalarga erishib kelayotgan pedagog-xodimlar, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari taklif qilindi.

              Tadbirda tuman kengashi raisi S.Abdullayev mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson manfaatlarini ta’minlash maqsadiga qaratilgani, mazkur jarayonda ta’lim tizimini takomillashtirish, mas’uliyatli va sharafli kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchi va murabbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ular nufuzini oshirish masalasiga ulkan e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag‘ishlagan aziz ustozlarni “O‘zbekiston sharoitida bugundan boshlab jamiyatdagi eng hurmatli inson muallimdir”, deya ardoqlab, o‘qituvchi va murabbiylarga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatayotganlarini qayd etdi.

            Shundan so‘ng tuman xalq ta’limi bo‘limi mudir o‘rinbosari O.Muxiddinov so‘zga chiqib, haqiqatdan ham, oxirgi 3 yilda xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta Farmon va Qarori, Vazirlar Mahkamasining 21 ta Qarori qabul qilinganligi, 2019 yilning 23 avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi mavzuga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning to‘laqonli amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

           Tadbir davomida ta’lim tizimida uzoq yillardan beri mehnat qilib, sohada yuqori natijalarga erishib kelayotgan pedagog-xodimlar, mehnat faxriylari, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limining  diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!