Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

O‘quv-seminar o‘tkazildi.

       O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi  tomonidan joriy yilning 15-yanvar kuni tuman xalq ta’limi bo‘limi majlislar zalida  tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv -seminarda  138 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan  112 nafar kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirok etdi. O‘quv-seminarni tuman kengashi raisi S.Abdullaev olib bordi. Seminarda 2019 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.

      Shundan so‘ng tuman kengashi raisi S.Abdullaev  o‘z so‘zida  hozirgi kundagi eng  asosiy masala kasaba uyushmasi organlari vakolat muddati tugashi munosabati bilan 2020 yilning fevral-aprel oylarida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 25 dekabrdagi 16-5 sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi  tizimidagi  kasaba  uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida» gi Nizom talablari asosida o‘tkazilishi, tuman kengashi rayosat qarori bilan tasdiqlangan  boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarda hisobot-saylovlarni o‘tkazish  jadvalida belgilangan sanalarda o‘tkazilishi haqida tushuncha berdi. Hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiya) lariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyati tanqidiy jihatdan chuqur tahlil qilib chiqish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq choralar belgilash, hisobot-saylovlarni tarmoq kasaba uyushmasi Ustaviga rioya etilgan holda yuqori saviyada o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning, shuningdek kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida hisobot davrida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun mohiyati kasaba uyushmasi a’zolariga etkazilishini ta’minlash, hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiya) larda kasaba uyushmasi a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlar, takliflardan kelib chiqqan holda kasaba uyushma tashkiloti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish hamda ijrosini bosqichma-bosqich amalga oshirish tushunchalar berildi.

       Kun tartibidagi  asosiy masalalardan yana biri  xisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiya)lari jarayonida fevral-mart oylarida tashkilot va muassasalarda   qabul qilingan  jamoa shartnomalarining 2019 yilda bajarilishi hamda  2020-2022 yil uchun  tuzilayotgan  jamoa shartnomalarni  qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan  umumiy yig‘ilish (konferensiya)lar haqida to‘xtalib o‘tdi. Amalda bo‘lgan jamoa shartnomasi shartlarining bajarilishi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan har oyda monitoring qilib borilishi, belgilangan muddatlarda bajarilmayotgan bandlar bo‘yicha ish beruvchiga takliflarni kiritib borish lozimligi, yangi tuzilayotgan jamoa shartnomasi loyihasi barcha tashkilotlarda muhokama  qilinishi va ularga xodimlar berayotgan har bir taklif ko‘rib chiqilishi zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘quv-seminar savol-javoblar asosida mazmunli tashkil etildi. Hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiya) o‘tkazish, rasmiylashtirish hamda jamoa shartnomalarini bajarilishi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!