Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining 2020 yil 20 yanvarda “Boshlang‘ich, tuman, shahar, viloyat tashkilotlarining rahbarlari va mutaxasislari uchun hisobot–saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminarlar to‘g‘risida”gi 19-17 “s” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi shahri, Qarshi, Kasbi, Nishon, Koson, Muborak va Mirishkor tumanlari rahbarlari va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari uchun birlashma kengashida joriy yilning 28 yanvar kuni o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminar dasturi kun tartibiga kiritilgan “Korxona, tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomaning 2019 yilda yillik bajarilishi va 2020 yil uchun jamoa shartnomasini qabul qilish muhokamasi bo‘yicha o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilish (konferensiyalar) to‘g‘risidagi birlashma kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri A.To‘rayev o‘quv seminar ishtirokchilariga ma’ruza qildi.
A.To‘rayev o‘quv-seminar ishtirokchilariga “Korxona, tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomaning 2019 yilda yillik bajarilishi va 2020 yil uchun jamoa shartnomani qabul qilish muhokamasi bo‘yicha o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilish (konferensiyalar) to‘g‘risida” tayyorlangan slaydlar orqali korxonalarda jamoa shartnomasini tuzish bilan bog‘liq jarayonlar haqida tushuntirishlar berdi. Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirok etgan tarmoq kasaba uyushmasi shahar, tuman kengashlari raislariga tizimidagi korxonalarda tuzilayotgan jamoa shartnomasi loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish ishlarini Federatsiya Kengashining 2014 yil 24 oktabrdagi 19-13 sonli qarori bilan bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish, qabul qilingan jamoa shartnomalarini ro‘yxatga olish tartibida” belgilab qo‘yilgan tartiblar doirasi ishlarni tashkil qilish yuzasidan ham tuo‘untirishlar berildi.