Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

O‘quv-seminari tashkil etildi.

  Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan birlashma kengashining o‘quv auditoriyasida “Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlarida faoliyatni to‘g‘ri va samarali tashkil etish” mavzusidagi 18 soatlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.

  Mazkur seminar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 19 apreldagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining O‘quv markazi faoliyatini hamda kasaba uyushmalari kadrlari malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII Qurultoyi qarorlari va Harakat dasturini bajarish borasida kasaba uyushmalari tashkilotlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda kasaba uyushmalari faollarining mas’uliyatini hamda savodxonligini yanada oshirish uchun tashkil etildi.

  Unda 36 nafar Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi yangidan tashkil etilgan yoki yangi saylangan boshlang‘ich tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

  O‘quv-mashg‘ulotlari kasaba uyushmalari organlarida ish yuritishni tashkil etish, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014-2016 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuv”ni amaliyotga tadbiq qilish borasida vazifalar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Xalqaro Mehnat Tashkilotining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish hamda nizolarni hal etishning huquqiy asoslari, mehnatni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining roli kabi mavzularda o‘tkazildi.

  O‘quv-seminari yakunida tinglovchilarga guvohnomalar topshirildi.

Navbatdagi o‘quv seminari 2016 yilning 15-17 noyabr kunlari Agrosanoat majmui hamda Iste’mol tovaralri ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmalari tizimidagi yangi saylangan boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari ishtirokida o‘tkaziladi.

img_4077 img_4072 img_4057 img_4053 img_4040 img_4036 img_4027 img_4026 img_4025 img_4023 img_4020 img_4018 img_4012 img_4010

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!