Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining 2018 yildagi faoliyati yuzasidan kasaba uyushmalari faollari oldida hisobot berish va 2019 yilda belgilab olingan ustuvor vazifalarni ularga yetkazish, kasaba uyushmalari faollariga iqtisodiy, ma’rifiy va huquqiy bilimlar berish hamda kasaba uyushmalari faoliyatini yuritish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman (shahar)larda joriy yilning fevral oyidan boshlab o‘quv-seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Tuman (shahar)larda o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarlarda “Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar” mavzusida seminar ishtirokchilariga tushuncha berish maqsadida Davlat soliq inspeksiyalarining malakali xodimlarini qatnashishini yo‘lga qo‘yilgan.