Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“O‘rnak bo‘lish yo‘lida”

     Joriy yilning 29 may kuni Qashqadaryo viloyat transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovining hududiy 2-bosqichi o‘tkazildi. Unda tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi tanlovning 1-bosqichida g‘olib bo‘lgan 11 ta boshlang‘ich tashkilotlar ishtirok etishdi.

Tanlovda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya sohasida, shuningdek mehnat muhofazasi, madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish sohalarida, hamda kasaba uyushmalarining tashkiliy masalalar sohasida va o‘z faoliyatini yoritib borish masalalari bo‘yicha olib borilgan ishlari ko‘rib chiqildi.

“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi Rayosatining 2015 yil 11 noyabrdagi 24-07 “s” sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida bosqichma-bosqich haqqoniylik va oshkoralik asosida o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi:

Ko‘rik tanlovning baholash mezoni natijalariga ko‘ra (a’zolari soni 100 nafardan ziyod bo‘lgan) boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida tarmoq tizimidagi Qamashi tumani Yortepa qurilish va sanoat kasb-hunar kolleji boshlang‘ich tashkiloti g‘olib deb topilib, I-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

II-o‘rin tizimdagi Qashqadaryo yo‘l qurish ta’mirlash unitar korxonasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotiga nasib etdi.

III-o‘rinni esa Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi boshlang‘ich tashkiloti egalladi.

Ko‘rik tanlovning baholash mezoni natijalariga ko‘ra (a’zolar soni 100–nafardan kam bo‘lgan) boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida tarmoq tizimidagi G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti g‘olib deb topilib, I-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

II-o‘ringa Qarshi transport kasb-hunar kolleji boshlang‘ich tashkiloti ega bo‘ldi.

III-o‘rinni tizimdagi Nasaf elektromontaj mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlang‘ich tashkiloti egalladi.

Tanlovning 2-bosqichida (a’zolari soni 100 nafardan ziyod bo‘lgan va 100 nafardan kam bo‘lgan) boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida I-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib deb topilgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining xo‘jjatlari III-bosqichga ishtirok etish uchun tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga tavsiya etildi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha ishtirokchilar kasaba uyushmasining maxsus diplomlari, esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!