Mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyligini ta’minlash va ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishga ko‘maklashish hamda rag‘batlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbus va izlanishlarini qo‘llab-qo‘vvatlash uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 20 iyuldagi 3-7-sonli “Yangi tahrirdagi “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2016 yil 29 iyuldagi №4-7 sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zgeoburg‘uneftgaz” AK Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi rayosatning 2016 yil 05 avgustdagi № 6-9 “s” sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi bayrami tantanalari arafasida 2016 yil 26 avgust kuni kompaniya binosida “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbiri o‘tkazilib ushbu tadbirda kompaniya tizimidagi ma’suliyati cheklangan va aksiyadorlik jamiyatlarda uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan o‘z kasbini mohir egalari aniqlanib ularni esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.