Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“O‘z kasbining mohir egalari” taqdirlandi.

  Ma’lumki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida kasaba uyushmalari a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni sog‘lomlashtirish va rag‘batlantirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

    Xususan, xodimlar o‘rtasida turli xil musobaqa va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib, faol va o‘z vazifasiga sitqidildan yondoshib kelayotgan fidoiy mehnatkashlar rag‘batlantirib kelinmoqda.

 2012 yildan buyon har ikki yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligini oshirish va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish orqali ularning professional darajasini oshirish, mehnat unumdorligini ta’minlash hamda ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish, «Ustoz-shogird» an’analarini qo‘llab-quvvatlagan holda, turli sohalarda mehnat qilayotgan mohir kasb egalariga yosh mutaxassislarni biriktirish orqali yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga erishish maqsadida tashkil etib kelinayotgan “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbiri ham yuqorida aytib o‘tgan fikrimni dalilidir.

  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 20 iyuldagi 3-7 sonli qarori bilan yangi tahrirdagi “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    Mazkur nizomga asosan tadbir 5 bosqichdan iborat bo‘lib, joriy yilning 1-25 avgust kunlari tadbirning 1-bosqichi 2 mingga yaqin boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida o‘tkazilib, ularda 4,5 ming nafar nomzodlar ishtirok etdilar. Birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan 2246 nafar g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga keyingi bosqichga yo‘llanma berildi.

    Tadbirning 2-bosqichi joriy yilning 1 sentabrdan 20 sentabrga qadar 4 ta tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi tuman (shahar) kengashlari tomonidan o‘tkazildi. Bunda tuman (shahar) kengashlari huzurida nomzodlarni tanlash uchun komissiyalar tuzilib, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlarning xujjatlari o‘rganib chiqildi.

    Ushbu bosqichda 1714 nafar nomzodlar ishtirok etib, ulardan 171 nafarining hujjatlari tanlab olindi. Tanlab olingan nomzodlarning xujjatlari uchinchi viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilariga taqdim etildi.

   3-bosqich – 2016 yilning 20 sentabridan 10 oktabriga qadar viloyat miqyosida tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, birlashgan qo‘mitalar va birlashma kengashi hamkorligida o‘tkazildi.

    Mazkur bosqichda g‘oliblarni aniqlash uchun, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari va birlashgan qo‘mita raisidan iborat komissiya tuzilib, tuman (shahar) kengashlari va boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan 171 nafar hamda Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi birlashgan qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi viloyat tashkilotlari tomonidan yo‘llanma berilgan 64 nafar nomzodlar orasidan har bir tarmoqdan 5 nafardan jami 30 nafar g‘oliblar tanlab olindi.

      Shu munosabat bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 2016 yilning 20 oktabr kuni tadbirniing viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirni birlashma kengashi raisi Esonboy Rajabov olib bordi va o‘z kasbining mohir egalariga qimmatbaho sovg‘alarni va maxsus tayyorlangan diplomlarni topshirdi.

   Tadbirda Kitob tumanidagi “Nuriddin bobo Rahmonov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Nuriddin Rahmonov, Qarshi tibbiyot kollejining “Sog‘lom turmush tarzi” fani o‘qituvchisi Nodirov To‘lqin Saidovich va Kitob tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining ona-tili adabiyoti va qardosh tillar fani metodisti Ernazarova Farida Rajabovnalar o‘z ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

img_3858 img_3850img_3827 img_3813 img_3803 img_3797 img_3861

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!