Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“O’z kasbining mohir egalari” taqdirlandi.

Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2016 yil 20 iyuldagi 3-7 sonli qarori bilan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan Nizomga asosan “O’z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini tashkil etish va o’tkazishdan maqsad “Ustoz-shogird” an’analarini  qo’llab-quvvatlagan holda ta’lim sohasida mehnat qilayotgan mohir kasb egalariga yosh mutaxassislarni biriktirish orqali yoshlarni kasbiy mahoratini oshirish maqsadida tashkil etildi.

O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida o’tkazilgan “O’z kasbining mohir egalari” ni taqdirlash tadbirining 1-bosqichda jami 120 ta boshlang’ich tashkilotdan            352 nafar hodimlar ishtirok etdi.

Taqdirlash tadbirining tuman bosqichi 20 sentyabr kuni o’tkazildi. Tuman bosqichida ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan 16 nafar pedagog-hodimlarни  5-oktyabr kuni tuman xalq ta’limi bo’limi majlislar zalida taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbirda 1-o’rin 31-umumiy o’rta ta’lim maktabi fransuz tili fani o’qituvchisi T.Maxmadaliyeva, 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o’qituvchisi N.Odilovlarga, 2-o’rin tuman xalq ta’limi bo’limi metodisti Sh.Haydarova, 47-umumiy o’rta ta’lim maktabi rus tili fani o’qituvchisi N.Bozorovalarga, 3-o’rin 30-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi D.Gadoyeva, 45-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi A.Misirovalarga tuman kengashining diplomlari hamda esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbir g’oliblarini tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri Sh.Ruziyev, mudir o’rinbosari O.Muhiddinov, tuman kengashi raisi S.Abdullayevlar  tabrikladilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!