“O‘z kasbining moxir egalari”ni taqdirlash tadbirining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda G‘uzor tumanidagi ta’lim muassasalaridan 80 nafarga yaqin o‘z kasbining moxir egalari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlarda ya’ni, ta’lim soxasida uzoq va samarali mexnat qilgan, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini chin sidqidildan bajarib kelayotgan, tajribali, soxani rivojlantirishda o‘zlarini xissalarini qo‘shib borayotgan, jamoa orasida xurmat e’tiborga sazovvor bo‘lgan, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan, bir necha yuzlab shogirdlari bo‘lgan, mamalakatmizda amalga oshirilayotgan isloxatlarni mazmun moxiyatini to‘g‘ri anglashi va ularni qullab-quvvatlashi, mexnat intizomiga rioya qilishi kabi talablar asosida bellashdilar.
“O‘z kasbining moxir egalari” tadbiri ishtirokchilarining belgilangan talablar bo‘yicha xujjatlarini va ularning chiqishlarini xakamlar xay’ati baxolab bordi. Tadbir sungida moxir kasb egalari tanlab olindi. 1-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi Mavlonov Azamat, 6-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi Xayitova Viktoriya, 18-umuiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi Qorayeva Maqsudalar eng yuqori natijalarni ko‘rsatib tadbirning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar. Tanbirning tuman bosqichi g‘oliblari kasaba uyushmasi tuman kengashining “Faxriy yorliqlar” va estalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.