Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida kasaba uyushmalarining roli haqida

  Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2016 yil 3 noyabrdagi 6-1 sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Qashqadaryo viloyatida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” tasdiqlab olindi.

 Mazkur tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida birlashma kengashining bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari orqali viloyatdagi barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushmalari tashkilotlariga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

   Tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Viloyatda 844 ta saylov uchastkalari mavjud bo‘lib, ularda tashkil etilgan saylov komissiyalariga 51 nafar kasaba uyushmalari faollari kiritilgan.

 Bugungi kunga qadar viloyatdagi 895 ta korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan “Ma’naviyat soatlari”da xodimlarning saylov jarayonidan xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman”, “Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz”, “Mening ovozim Vatan kelajagiga dahldor”, “Biz tanlash huquqiga egamiz”, “Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz?” mavzularida ma’ruzalar tashkil etildi.

  Shuningdek, mazkur mavzularda joriy yilning 2-5 noyabr kunlari Kasbi, Mirishkor, Koson va Muborak tumanlarida seminarlar o‘tkazilib, ularda 600 nafardan ortiq saylovchilar ishtirok etishdi.

  Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat uyi”da istiqomat qiladigan yolg‘iz keksalar va  nogironlarni  saylov  jarayonlaridan  xabardor  qilish maqsadida 10 noyabr kuni Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasining kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.

  “Qashqadaryo sohili” sanatoriysida hamda viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi 40 dan ortiq davolash muassasalarida saylov huquqi masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlarda 3 ming nafardan ortiq saylovchilar ishtirok etishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!