Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Olimpiya yulduzlari” shiori ostida musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

          2018 yil 8-12 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamkorligida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Olimpiya yulduzlari” shiori ostida musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning 1 bosqichida 76 ta oliy ta’lim muassasasi, ikkinchi bosqichida 15 ta oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi.

Qizg‘in davom etgan yarim final va final musobaqalarida 1-o‘rinni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti jamoasi, 2-o‘rinni Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi va 3-o‘rinni Toshkent arxetektura va qurilish instituti jamoalari egalladi.

Birinchi o‘rinni egallagan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Kubogi, 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alari  topshirildi.

2018 yil 13 iyun kuni musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan institut terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori, prorektorlar, dekanlar, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tantanali kutib olish marosimida g‘oliblarga institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!