Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Oromgoh – damga  hamroh!

        2019 yilgi Yozgi mavsum davomida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi tizimidagi korxona, tashkilot va  muassasalarda mehnat qilayotgan kam ta’minlangan oilalarning 220 nafar farzandlari Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” bolalar oromgohida maroqli dam oldirildi.

Zamon talablari darajasida yangidan ta’mirlangan, qulay sharoitlarga ega bo‘lgan “Ziyo chashmalari” oromgohida bolalarning intellektual salohiyatini oshirish maqsakdida tashkil etilgan turli to‘garak mashg‘ulotlari, sayr-sayohatlar ayniqsa “Oromgoh malikasi”, ”O‘zbegim o‘g‘lonlari” ko‘rik-tanlovlari, “O‘zbekiston Vatanim–manim”, ”Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirlar hamda “Sog‘lom bola– yurt kelajagi” shiori ostida “Quvnoq startlar”, futbol,  voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqalarining tashkil etilganligi bolajonlarga haqiqiy huzr baxsh etdi.

Ormgohda o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan bolalar oromgoh ma’muriyati tomonidan Maqtov Yorliqlari bilan taqdirlandilar va bolalarning ota onalariga “Tashakkurnoma” lar ham tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!