Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Oromgoxlarda yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

      Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan   joriy yilning 26 may kuni birlashma kengashining majlislar zalida Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport, Ichki ishlar viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda 2016 yilgi yozgi mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadi da oromgoh tashkilotchilari va ularga jalb etiladigan xodimlar uchun seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga viloyat hokimligi, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport, Ichki ishlar viloyat boshqarmalari hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi vakillari hamda oromgohlar direktorlari, Bosh tarbiyachilari, yetakchilari sport yo‘riqchilari, tibbiyot xodimlari, kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari, mehnat va dam olish oromgohlari rahbarlari, kasaba uyushma faollari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov kirish so‘zi bilan ochdi.

Mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatimizda yangi, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish, erkin, hech kimdan va hech bir jihatdan kam bo‘lmagan obod turmushni yaratish kabi muhim maqsadlar qo‘yilgandi. Bugungi kunga kelib barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohatlar natijasida hech kim inkor qila olmaydigan ulkan muvaffaqiyatlar va katta marralarga erishildi.

Joriy yilda bolalar oromgohlarini mavsumga o‘z vaqtida tayyorlash va sog‘lomlashtirish mavsumini namunali o‘tkazish maqsadida viloyat hokimi va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosati tomonidan 2017 yil 17 fevralda “2017 yil bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va namunali o‘tkazish to‘g‘risida”gi X-97/02, 8-2 “s” sonli qo‘shma qarori qabul qilindi.

Qo‘shma qarorda yoz davrida Kitob, Shaxrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 19 ta statsionar bolalar oromgohlarida  2017 yilda bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish mo‘ljal raqamlari 26440 nafar etib belgilangan bo‘lib, shundan 16180 ta yo‘llanma uchun  davlat ijtimoiy sug‘urtasi fondidan mablag‘ ajratilishi, 10260 nafar bolalarni dam oldirish esa tuman, shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamda homiy tashkilot, korxona, muassasa va tadbirkorlar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 Shuningdek, 1600 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlarini, 90 nafar  «Mexribonlik» uyi tarbiyalanuvchilari hamda 100 nafar iqtidorli bolalarni bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Yozgi mavsum davomida oromgohlar faoliyatini tashkil etish va uni o‘tkazish ishlarini doimiy ravishda o‘rganib borish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi xodimlari va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining mas’ul tashkilotchilaridan iborat tezkor  ishchi guruhi tuzilgan.

Viloyatdagi oromgohlarning barchasida yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari tashkil etildi. Jumladan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashiga qarashli “Ziyo chashmalari”  hamda “Talimarjon IES” UK ga qarashli “Sohibqiron” oromgohlari 2017 yilgi Manzilli Dasturga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda  ushbu oromgohlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar setovoy grafik asosida amalga oshirilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!