Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

     O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi “Yoshlar markazi” sport saroyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat kengashi raisi o‘rinbosari I.Ahmedov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarda kasaba uyushmalari faol ishtirok etayotganini ta’kidlab, barcha qatnashchilarga omad tiladi.

Musobaqaning hal qiluvchi, yakuniy bosqichida 64 nafar shahar va tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan intellektual salohiyat egalari Respublika bosqichiga yo‘llanma uchun dona surishdi. Har bir yurish, har bir qaror shaxmatning buyuk aql va matonat maydoni ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Bellashuvlar Xalqaro shaxmat federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida, rapid yo‘nalishida ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazildi. Har bir musobaqa 7 turda shveysarcha tizimda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga o‘yin oxiriga qadar 10 daqiqa vaqt berildi, birinchi yurishdan boshlab har yurishga 2 soniyadan vaqt qo‘shib borildi.

Qizg‘in tarzda o‘tkazilgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Yakkabog‘ tumani 39-sonli maktab o‘qituvchisi Normumin Eshmurodov – birinchi, Koson tumani 11-sonli maktab o‘qituvchisi O‘lmas Haqberdiev – ikkinchi, Shaxrisabz tamani 36-sonli maktab texnik xodimi Nurullo Xo‘jaqulov – uchinchi o‘rinni egallashdi.

Ayollar bahsida esa Koson tumani 71-sonli maktab o‘qituvchisi Dilorom Xolmuminova g‘oliblikni ya’ni faxirli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Muborak tumani Barkamol avlod bolalar maktabi to‘garak rahbari Ra’no Qo‘zieva – ikkinchi, Kukdala tumani 6-sonli maktab o‘qituvchisi Dilshoda Pardaeva esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Eng yaxshi natijani qayd etgan ishtirokchilar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!