Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ”Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” qonunini mazmun mohiyati va unga rioya qilish.

     Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarda xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, mehnatning sog‘lom va havfsiz sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi siyosatni yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani, har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy           himoyalashga  asoslanadi.
           Mehnatni  muhofaza  qilish  tizimida  yagona  davlat  siyosatini  yuritish, xodimlarning  mehnat  qilish  jarayonida  sog‘lig‘ini  saqlash  borasidagi  qulay  va havfsiz  mehnat  sharoitlarini  yaratish,  bu  borada  profilaktika  tadbirlarini olib  borishda  mehnatni  muhofaza  qilishga  oid  qonunchilikning  ahamiyati  juda kattadir.

       2022 yilning 16 sentabr kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlar kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar bo‘linmasi kengashiga a’zo tashkilotlarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari va tashkilotchilari ishtirokida shahardagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida  O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi” Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” qonunini  mazmun mohiyati va unga rioya qilish mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminar ishini O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar bo‘linmasi kengashi raisi U.Ortiqov kirish so‘zi bilan ochdi.

O‘quv seminarda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlar kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar bo‘linmasi kengashi raisi U.Ortiqov  o‘z ma’ruzasi bilan chiqish qildi.

  U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi      410-sonli Qonun (Yangi taxriri). Undagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, tashkilotda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob uskunalarni jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga xodimlar tomonidan  rioya etishlikni, asbob-uskunalarning xavfsiz ishlashlarini nazoratini kuchaytirishi kerakligini, mehnatni muhofaza qilish sohasida ish beruvchilarning, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari hamda mas’ul xodimlarning huquqiy bilimlarni oshirish kerakligini takidlab o‘tdi. Kasaba uyushmalari tashkilotlarining asosiy diqqat-e’tibori ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni va sog‘liqqa boshqacha tarzda ziyon yetishini oldini olish, xodimlar sog‘lig‘iga e’tiborni kuchaytirish, har bir mehnat jamoasida normativlarning bajarilishini nazorat qilish va kuzatish, muammolarni hal etish va amaliy qarorlar qabul qilishga qaratilganligi haqida ham fikrlar bildirildi.

   Seminarda 2016 yil 23 sentabrda yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi ,  ushbu Qonunda belgilangan me’yorga ko‘ra, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega ekanligi Jumladan; tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va muhofazasi to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish,  ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish,  mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish, ishlab chiqarish ob’ektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyalar faoliyati,  Shuningdek mehnat sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga ta’kidlab o‘tildi.

  Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohasiga oid taklif va muammolar yuzasidan savol va javoblarga o‘tildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!