Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Pedagog-xodimlar sanatoriyada sog‘lomlashtirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmonining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2020 yil 14 dekabrdagi 54 q/q va 01-16 “s” sonli “Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarni sanatoriyalarda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish ishlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ijroiya qo‘mitasining 2020 yil 29 dekabrdagi 1-21 “s” sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2020 yil 14 dekabrdagi 54 q/q va 01-16 “s” sonli “Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarni sanatoriyalarda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish ishlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori haqida”gi qarorida tarmoq tizimidagi mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, metodistlari, o‘rta umumta’lim muassasalari direktorlari hamda tizimda o‘tkazilgan reyting natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilarni kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriyalarda sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan.

Belgilangan rejaga asosan Qashqadaryo viloyatida 2021 yil davomida 578 nafar pedagog-xodimlar oylar kesimida bosqichma-bosqich “Qashqadaryo sohili” sanatoriyasida sog‘lomlashtiriladi. Kuni kecha ya’ni, 20 yanvar kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishgan holda 40 nafar xodimlar sanatoriyaga joylashtirildi.

Sog‘lomlashtirishning birinchi kuni sanatoriyada dam oluvchilar uchun madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqan tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Sh.Kubayev, viloyat kasaba uyushmalari tashkkilotlari birlashmasi Kengashi raisi B.Djurayev, rais maslahatchisi E.Rajabov va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i T.Karimovlar keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz hamda hukumatimiz tomonidan pedagog-xodimlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz ehtiromlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib, dam oluvchilarga sixat-salomatlik, mashaqatli ishlariga omad tiladilar. Tadbirda dam oluvchilarga badiy kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek ular uchun bayramona dasturxon tashkil etilib, konsert dasturi namoish etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!