Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Qamashi tumanida xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Qamashi tumanida xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda hamda 25 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan xotin-qizlarga dori-darmon olishi uchun 39 mln. 689 ming so‘mlik moddiy yordam berildi.

Shuningdek, 4 nafar xotin-qizlarning uy-joylari 82 mln. 200 ming so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlab berilgan bo‘lsa, yana 4 nafar xotin-qizlarning uy-joylarida ta’mirlash ishlari davom etmoqda;

3 nafar xotin-qizlarga maishiy texnika va 1 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi olib berildi;

tuman dasturining 3-bandiga asosan tumanda aholining bilim va savodxonligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kutubxona tashkil etish, shuningdek, qo‘shimcha ravishda 4 nafar xotin-qizlarning uy-joylarini ta’mirlab berish rejalashtirilgan.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!