Viloyatdagi barcha kasaba uyushma tashkilotlarida umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini nishonlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi asosida ishlar amalga oshirildi. Mazkur tadbirlarda 5 mingdan ortiq urush va mehnat faxriylari, 12 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi. Viloyatdagi 210 dan ortiq mehnat jamoalarida “Siz doim e’zozdasiz”, “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzularida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarda 7 mingdan ortiq mehnat faxriylari, kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi. Bayram arafasida tashkil etilgan “Ma’naviyat soati” larida “Tinchlik va ahillik mamlaka7 timiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi asosidir”, “Buyuk ajdodlarimiz hayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma’rifatli insoniyatni hayratga solib kelayotgan yutuqlari – ma’naviy jasorat namunasi” mavzulari bo‘yicha tushunchalar berildi. Ushbu tadbirlarda 9 mingdan ortiq kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi.
“Kasaba uyushmalari – faxriylarga” aksiyasi doirasida viloyatdagi 181 nafar 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining har biriga 400,0 ming so‘mdan jami 72 mln. 400 ming so‘mlik pul mukofoti manzilli yetkazildi. 129 nafar keksalar, mehnat faxriylarining Buxoro, Samarqand, Qarshi va Shahrisabz shaharlariga sayohatlari tashkil etildi. Shuningdek, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatga olib borildi. Bayram arafasida 81 nafar keksalarning Qarshi shahri va tuman markazlaridagi istirohat bog‘larida tashkil etilgan madaniy tadbirlar hamda teatr va konsertlarga tashriflari tashkil etildi. 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ tomonidan Yakkabog‘ “Saxovat” internat uyiga 50 mln.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi. Shuningdek, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan joriy yilning 10 may kuni internat uyida yashovchi qariyalar holidan xabar olib, ularga madaniy tadbirlar tashkil etish hamda 1 mln. 600 ming so‘mlik televizor olib berish rejalashtirilgan.
“Kasaba uyushmalari–harbiylarga” aksiyasi doirasida mustaqillik yillarida xizmat vazifasini o‘tash davrida halok bo‘lgan 7 nafar harbiy xizmatchilarning oilalaridan xabar olindi. Ularga 250,0 ming so‘mdan jami 1 mln.750 ming so‘mlik manzilli moddiy yordam ko‘rsatildi. Bayram munosabati bilan mehnat jamolarida ishlab, hozirda nafaqada bo‘lgan urush qatnashchilari, mehnat faxriylari, jangchi-faxriylar (baynalmilalchilar) holidan xabar olindi. Ularga viloyatdagi korxona va tashkilotlar tomonidan 73 mln. 500 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 15 nafar jangchi-faxriylar (baynalmilalchilar)ning respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohati tashkil etildi. Korxona, tashkilot va muassasalardagi “Faxriylar kengashi”ning a’zolari bo‘lgan 71 nafar mehnat faxriylarining uylariga borib holidan xabar olindi. Ularning 40 nafari jamoalarda tashkil etilgan tadbirlarga taklif etildi va yosh ishchi-xodimlar bilan uchrashuvlari uyushtirildi. Viloyatdagi 91 ta mehnat jamoalarida 282 nafar faxriylar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.