Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

QARSHI TUMANIDA USTOZ VA MURABBIYLAR TAQDIRLANDILAR.

         Yosh avlodga puxta bilim berib, mashaqqatli va sharafli kasbini e’zozlab kelayotgan ustozlar bugun barchaning e’tiborida! Negaki butun mehrini, bilimini shogirdlariga bag’ishlagan ustozlarni har qancha e’zozlasak, kamdek tuyulaveradi. Yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari 1- oktabr “Uztoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman kengashi tomonidan tadbirlar o’tkazildi. Mazkur tadbirlarda ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi ustozlar va faxriy o’qituvchilarning  670 nafari moddiy va ma’naviy rag’batlantirildi. Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan 2 nafar pedagog xodimga «Qashqadaryo sohili» sanatoriyasiga bepul yo’llanma berildi. Bundan tashqari ayni paytda nafaqada bo’lgan 40 nafar faxriy pedagoglarning holidan xabar olindi. Xalqimiz azaldan bir-biriga sadoqatli va mehr-oqibatli hamda e’tiborli ekanligi mana shunday ezgu ishlar orqali namoyon bo’ladi. Albatta, ozgina e’tibor inson qalbiga bir olam shodlik va quvonch hadya etadi. Muhimi hech kim e’tibor va e’zozdan chetda qolmasligi lozim.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!