Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Qashqadaryo viloyatida 2019 yilgi mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan hududiy seminar o‘tkazildi.

Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruhining 2019 yil 17 maydagi kengaytirilgan selektor majlisida berilgan ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 may kuni mavsum tashkilotchilari va oromgohlarga jalb etiladigan xodimlar uchun seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining vakillari shuningdek, hududiy Muvofiqlashtiruvchi guruhlarning a’zolari, tuman, shahar xokimliklari, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Xalq ta’limi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining mas’ul vakillari va yoz mavsumi davrida oromgohlarda faoliyat yuritadigan 18 ta shaxar tashqarisidagi va 10 ta “Mehnat va dam olish” oromgohlari raxbarlari, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari, pedagog kadrlar, yetakchi va to‘garak rahbarlari, sport yo‘riqchilar, oshpazlar ishtirok etdi.
Seminar tasdiqlangan dasturga muvofiq 2 boskichda, yalpi yig‘ilish tarzida va har bir soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan seksiyalar bo‘yicha tashkil etildi.
Yalpi yig‘ilish davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, hududiy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar, mas’ul idora va tashkilotlar vakillarining tegishli ma’ruzalari eshitildi.
Ma’ruzalarda yoz mavsumiga barcha turdagi bolalar oromgohlarini tayyorlash, bolalarning sifatli, mazmunli va qiziqarli dam olishlarini tashkil etish, oromgohlarda bolalarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik choralarini ko‘rish, malakali pedagog kadrlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Seksiya mashg‘ulotlari davomida har bir soha vakillariga mutaxassislar tomonidan yana bir bor oromgohlarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, har bir yo‘nalishda alohida e’tibor qaratishni talab etiladigan masalalar, yuritiladigan xujjatlar bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Seminarda 200 nafarga yaqin hamkor va mutasaddi tashkilotlar vakillari, oromgoh xodimlari va tashkilotchilari ishtirok etdilar.
Seminarni ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida viloyat televidiniyasi hamda “Ishonch” gazetasining muxbirlari taklif etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!