Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzey ochilish marosimi

      Hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 936-sonli Qarori bilan oliy ta’lim muassasalari huzurida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi. Shu munosabat bilan Qarshi davlat universiteti tuzilmasida ham muzey tashkil etildi. Muzey Qarshi shahridagi Abu Ubayda ibn al Jarroh ziyoratgohida tashkil etildi. Muzeyning ochilish marosimi 2018 yil  28 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi ” muzeyi hamda Qarshi davlat universiteti.

Ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati  davlat muzeyi, Qarshi davlat universiteti  professor o‘qituvchilari va domlalari, 1980- yillarda “Paxta ishi ”bo‘yicha nohaq ayblanganlarning oila-a’zolari , Qarshi MII professor o‘qituvchi va domlalari, Qashqadaryo gazetasi, Qashqadaryo televideniyesi, Xalq so‘zi gazetasi muxbirlari ishtirok etishdi.

Tadbirda  Qarshi davlat universiteti rektori, prof. B.A.Shoimqulov, so‘ngra, tarix fakulteti dekani prof. B.Eshov va muzey direktorlari so‘zga chiqib, XIX asr ikkinchi yarmidan – XX asr adog‘iga qadar bo‘lgan kechmishimiz Chor Rossiyasi va Sovet mustabidligi hukmronligi, Qizil saltanatning milliy o‘lkalarda sodir etgan xunrezliklari, qattolliklari orqali zo‘ravonliklarining o‘rnatilishi,  Milliy qarshilik harakatlari shavqatsizlik bilan bostirildi, xalqning boyligi tortib olinib, bosh ko‘tarmaslik uchun qatag‘on siyosati amalga oshirilishi hususida gapirib o‘tildi.

Mustaqillikdan so‘ng, asrlar davomida ezilgan, sha’ni va g‘ururi yerga urilgan xalqimizning ezgu niyatlari ro‘yobga chiqa boshlaganligi, Vatanimiz tarixshunoslikligida, uning fidoiy namoyondalari ilmiy faoliyatida erishilayotgan jiddiy, ijobiy o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar haqida so‘z bordi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!