Joriy yilning 23 yanvar kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining katta majlislar zalida qishloq xo‘jaligida mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta’minlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminar ishida tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining, agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tumanlar kengashlarining masul xodimlari, viloyatdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlarining vakillari, yirik qayta ishlash korxonalari va tashkilotlarining kasaba uyushmasi qumitalari va mehnat muhofazasi xizmati xodimlari ishtirok etdilar.
o‘quv-seminar o‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining viloyat bo‘yicha masul tashkilotchisi ilhom karimovich sabdarovning kirish so‘zi bilan ochildi. Notiq so‘zida qishloq xo‘jaligi korxonalarida, ayniqsa, fermer xo‘jaliklarida mehnatni muhofaza qilish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli, vaziyatni yaxshilash uchun kasaba uyushmasi va ish beruvchi oldida turgan vazifalar to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi.
O‘quv-seminar qatnashchilari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining bo‘lim mudiri xo‘jaqulov anvar eshmurodovichning ,,qishloq xo‘jaligida mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta’minlash haqida,,gi maruzasini diqqat bilan tingladilar.
Anjumanda qashqadaryo viloyat bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyasi boshlig‘i abdulaziz mamatov ,,mehnat qonunchiligi va munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida” maruza qildi.
Seminar-treningda, shuningdek, viloyat budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i b. Jo‘rayevning, viloyat tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasi azosi g‘. Usmonovlarning mavzuga oid maruzalari tinglandi.
O‘quv-seminar qatnashchilarning faol ishtirokida o‘tdi, so‘ngida ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi: I.Sabadarov