O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tumani bo‘linmasi kengashi va Taftish komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi 2020 yilning 28 oktabr kuni soat 11.00 da tumandagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi majlislar zalida o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 25 nafar kengash azolaridan 24 nafari hamda 3 nafar taftish komissiyasi azolari katnashdi.
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Kubayev Shodmon Rabbimovich ishtirok etdi.
Yig‘ilishni tuman kengashi raisi B.Egamberdiyev olib bordi.
Yig‘ilish qatnashchilari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2020 yil 7 oktabrdagi “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavini faoliyatga joriy etish va kasaba uyushmasi tuman (shahar) bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizom haqida”gi 1-7 s-sonli qarori va yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirildi.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi tashkiliy masalalar muhokama qilindi:
- O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman tashkiloti nomini O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tumani bo‘linmasi deb o‘zgartirish to‘g‘risida;
- O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tumani bo‘linmasi Kengashi tarkibi to‘g‘risida;
- O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tumani bo‘linmasi Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tarkibi to‘g‘risida.
- O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tumani bo‘linmasi Taftish komissiyasi tarkibi to‘g‘risida.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan so‘z O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Kubayev Shodmon Rabbimovichga berildi.
SH.Kubayev so‘zida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi V- Qurultoyi 2020 yil 26 avgust kuni o‘tkazilgan Qurultoyda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining nomi o‘zgartirilib, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi deb nomlanganligi, Ustavi va Ramzi tasdiqlanganligi, Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2020 yil 7 oktabrdagi 1-7 s-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman (shahar) bo‘linmalari to‘g‘risida Nizom” tasdiqlanganligi, yuqoridagilar inobatga olingan holda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman tashkiloti O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman bo‘linmasi kengashi deb nomlanishini ta’kidladi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman tashkilotiini O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tumani bo‘linmasi deb nomlanishi bir ovozdan tasdiqlandi. Kasaba uyushmasi Kitob tuman tashkilotining nomi “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman bo‘linmasi” deb o‘zgartirildi.
Bo‘linma saylanma organlari quyidagicha nomlanishi belgilandi.
– kasaba uyushmasi Kitob tuman bo‘linmasi Konferensiyasi;
– kasaba uyushmasi Kitob tuman bo‘linmasi Kengashi;
– kasaba uyushmasi Kitob tuman bo‘linmasi Kengashi Ijroiya qo‘mitasi;
– kasaba uyushmasi Kitob tuman bo‘linmasi Taftish komissiyasi.
Tuman bo‘linmasiga o‘z faoliyatini tasdiqlangan Nizom talablari asosida olib borish bilan bog‘liq tegishli topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama etilib, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan tasdiqlandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shundan so‘ng yig‘ilish qatnashchilarining savollariga javob berildi. Kitob tuman Madaniyat bo‘limi, Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 10-sonli Mo‘sika va sanat maktabi, 22-sonli Mo‘sika va sanat maktabi va “Kitob sayyoh” xususiy korxonasi kasaba uyushmasi qo‘mitalari faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi va qo‘shma yig‘ilish o‘z ishini yakunladi.