Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati tizimidagi mehnat jamoalarida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar Strategiyasini, Prezidentimizning keyingi paytda qabul qilingan qator farmon va qarorlarining mazmun va mohiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratilayapti.
Qarshi shahridagi “Asakabank” viloyat filialida, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasida, Qarshi bank kollejida, Qarshi temir yo‘l ta’mirlash davlat unitar korxonasida, madofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida va boshqa tarmoq tizimidagi tashkilot va korxonalarda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyatiga bag‘ishlab, viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda seminarlar tashkil qilindi.
Kasaba uyushma a’zolarida katta taassurot qoldirayotgan bunday tadbirlarni tarmoq tizimidagi mehnat jamoalarida o‘tkazish davom etayapti.