Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

QONUN TARG‘IBOTIGA BAG‘ISHLANDI.

        Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati tizimidagi mehnat jamoalarida  2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning  beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha  harakatlar Strategiyasini,  Prezidentimizning keyingi paytda qabul qilingan qator farmon va qarorlarining mazmun va mohiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratilayapti.

Qarshi shahridagi “Asakabank” viloyat filialida, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasida, Qarshi bank kollejida, Qarshi temir yo‘l ta’mirlash davlat unitar korxonasida, madofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida va boshqa tarmoq tizimidagi tashkilot va korxonalarda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning  beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha  harakatlar strategiyasining mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyatiga bag‘ishlab, viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda seminarlar tashkil qilindi.

Kasaba uyushma a’zolarida katta taassurot qoldirayotgan bunday tadbirlarni tarmoq tizimidagi mehnat jamoalarida o‘tkazish davom etayapti.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!