Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

REKTOR KUBOGI

        2019 yil 6 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda may oyi “Sport oyligi” doirasida sportning Futbol turi bo‘yicha institut hududida joylashgan 5 ta mahalla yoshlari o‘rtasida “Rektor kubogi” musoboqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra: 1-o‘rinni “Yangi turmush” MFY yoshlari jamoasi, 2-o‘rinni “Paxtazor” MFY yoshlari jamoasi, 3-o‘rinni “Kat” MFY yoshlari jamoalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘ngida 1-o‘rinni egallagan g‘olib jamoaga “Rektor kubogi” hamda birinchi darajali diplom 2-3 o‘rinlarni egallagan jamoalarga institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!