Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi orqali muhofaza qilish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan sportning yengil atletika turi bo‘yicha “Salomatlik sari” shiori ostida yugurish marafoni 2017 yil 29 aprel kuni Qarshi shahrida o‘tkazildi.
Musobaqa 18-30, 30-45 hamda 45 va undan yuqori yosh toifasida erkak, ayolllar o‘rtasida alohida 2 km masofada tashkil etildi.
Marafonda viloyatdagi 195 ta korxona, tashkilot va muassasalardan 270 nafar ishchi-xodimlar qatnashdi. Shundan 130 nafarini ayollar tashkil etdi. Musobaqa g‘oliblari yosh toifasi bo‘yicha birlashma kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, “Eng yosh ishtirokchi” (erkak, ayollar o‘rtasida) nominatsiyalari bo‘yicha ham sovg‘alar topshirildi.