Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Salomatlik” spartakiadasi o‘tkazildi.

        Korxona, tashkilot  va  muassasalarda  faoliyat  ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar  o‘rtasida  sog‘lom  turmush  tarzini targ‘ib  qilish,  ishchi-xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari  orqali salomatligini mustahkamlash maqsadida     1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni “ munosabati bilan  O‘zbekiston ta’lim va fan  xodimlari kasaba uyushmasi  Shahrisabz shahar  boshlang‘ich kasaba uyushma  tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi- xodimlari o‘rtasida  2022-yilning 24-sentabr kuni Shahrisabz shahridagi          15-umumiy o‘rta ta’lim  maktabida  “Salomatlik”  shiori  ostida xodimlar  spartakiadasi  o‘tkazildi.

     Sport  musoboqalari  nizomga  muvofiq,  sportning voleybol, shaxmat, shashka, darts  turlari  bo‘yicha  o‘tkazildi. O‘zida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etib, ayniqsa, xodimlarning, sport bilan bandligini ta’minlash g‘oyasini jo aylagan ushbu musobaqa murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Spartakiadada 350 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

   Qizg‘in  sport  kurashlari  ostida  o‘tgan  musoboqalarning  shaxmat  bahslarida  1-o‘rinni 9-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Jabborova Mukarram, 2-o‘rinni 17- davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Hamidova Ra’no, 3-o‘rinni 2- davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Po‘latova Zulfiya, shashka  bahslarida 1-o‘rinni 4- davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Xolmurodova Mavjuda, 2-o‘rinni 17- davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Qiyomova Madina, 3-o‘rinni 26- davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Qudratova Madina, Voleybol  bahslarida 1-o‘rinni 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi, 2-o‘rinni 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi, 3-o‘rinni 10-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi egallashdi. Darts bahslarida  1-o‘rinni 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Nuriddinova Mehriniso,    2-o‘rinni 15-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Muhammadieva Svetlana , 3-o‘rinni 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Umarova Norxollar egalladi.

     Spartakiada  yakunida  faxrli  o‘rinlarni  egallagan  xodimlarga  O‘zbekiston ta’lim va  fan  xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar bo‘linmasi  kengashining  “Faxriy  yorliq”  va  esdalik  sovg‘alari  topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!