Muborak tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tarmoq kasaba uyushmasi tuman kengashi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun mo‘ljallangan Jamoa kelishuvi bandlarining 2023 yil davomida bajarilishi yuzasidan yigilish bo‘lib o‘tdi.
Unda barcha ta’lim muassasalari ish beruvchilari xamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faollari ishtirok etdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Ixtiyor Usmonov so‘zga chiqdi. O‘z navbatida ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi Yangiboy Avezov ham jamoa kelishuvining 2023 yil davomida bajarilishi bo‘yicha hisobot berdi.
Hisobotlar yuzasidan 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Umidullo Daminov, 4-maktab rahbari Nasiba Nasimova, 16-maktab kasaba uyushmasi qo‘mita raisi Dildora Umirova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari Og‘aniyoz Boyniyozov so‘zga chiqib, jamoa kelishuvi bajarilishini qoniqarli deb baholashdi.
Muzokara uchun so‘zga chiqqan xodimlar yurtimiz bo‘ylab sayohatlarni yanada ko‘paytirishni taklif qilishdi. Pedagoglarning bo‘sh vaqtlarida sport musobaqalari o‘tkazish an’anasini qo‘llab-quvvatlashdi.
Yig‘ilish so‘nggida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qo‘shma qaror qabul qilindi.
Umida Teshaeva, 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi