O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat kengashi tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari va tizimdagi faol ishchi xodimlar bilan birgalikda 2024 yil 19-aprel kuni 50 nafar tizimdagi faol ishchi xodimlar Samarqand shahriga sayohatga bordilar.
Sayohat davomida Ko‘hna Samarqandning tarixiy yodgorliklari «Shohi Zinda», «Xoja Doniyor maqbarasi», «Amir Temur va temuriylar maqbarasi», «Bibi xonim maqbarasi», shahar markazida o‘zgacha tarovat baxsh etib turgan «Registon» maydoni va boshqa diqqatga sazovor joylariga borildi.
Samarqand shahriga qilingan ziyoratning eng esda qolgani – O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘qigan maktab, ular tug‘ilib o‘sgan xonadon, dafn etilgan makon va Registon maydoni yonida qad rostlagan yurtboshimiz haykali barcha ziyoratchilarimizni hayajonga soldi, ko‘zlarimizga beixtiyor yosh keldi. Qo‘llarimiz duoga ochilib, yurtimizga mustaqillikni bergan, 32 yil shu yo‘lda tinmay mehnat qilib, xalqining baxtli kelajagi uchun kurashgan yo‘lboshchimiz haqqiga tilovatlar qilindi.