Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Samarqandga sayohat

   Xalqimizning turmush darajasini yaxshilash borasidagi keng ko‘lamli ishlarning amalga oshirilishida hamda pedagog va ishchi xodimlarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilishda, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishda har xil madaniy ommaviy tadbirlar , sport musobaqalari, mamlakatimizning qadimiy va tarixiy qadamjolariga sayohatlar uyushtirishda kasaba uyushmalarining hissasi katta.

2022 yil 1 iyundan boshlab «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida kasaba uyushmalarida  qadimiy va diqqatga sazovor joylarga o‘z ishining fidokor xodimlari  uchun sayohatlar uyushtirilmoqda. Davlatimiz tomonidan ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi asosida ichki turizmni targ‘ib qilish maqsadida ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan kasaba uyushmasi a’zolari uchun yil davomida bir necha marta mamlakatimizning tarixiy qadamjolariga  sayohatlar tashkil etildi.

            Jumladan, joriy yilning 10 sentabr kuni Qarshi tuman kasaba uyushma bo‘linmasi Kengashi tomonidan 28 nafar kasaba uyushma a’zolari Samarqand shahriga sayohat qildilar. Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Oradan qancha asrlar o‘tsa hamki Samarqand hali xanuz odamlarni o‘ziga ohangrabodek jalb qilib kelmoqda. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sa’y-harakatlari bilan Samarqand shahri o‘zgacha chiroy ochdi. Imom Ismoil al-Buxoriy nomidagi majmuaning qaytadan obod qilinishi, tarixiy yodgorliklarimizni asrab-avaylash bo‘yicha qator chora-tadbirlarning qabul qilinishi Samarqandni chinakam tarixiy muzey shaharga aylantirdi.

Sayohatchilar dastlab Samarqand viloyatida joylashgan muqaddas qadamjolardan biri bo‘lgani  “Hazrati Dovud” ziyoratgohiga  sayohat qildilar, so‘ngra qadimiy — tarixiy  va hamisha navqiron Samarqand  shahrining diqqatga sazovor joylari, me’moriy obidalari, shu jumladan yurtimizning eng qutlug‘ qadamjolaridan biri – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning  mangu qo‘nim topgan “Hazrati Hizr” masjidi majmuasida bo‘lib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilar ekan, bizga ozod va obod Vatan qoldirgan buyuk insonning  ulug‘vor xizmatlarini  chuqur minnatdorlik bilan  yodga olib, Islom Karimov  xotirasiga  hurmat bajo keltirdilar, hamda shaharda  Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Samarqand shahrining diqqkatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va istiqlol yillarida qurilgan mahobatli binolari sayohatchilarda  olam-olam taassurot qoldirdi  va  ulkan  ruhiy ma’naviy  kuch bag‘ishlab yangi marralarni egallashga rag‘bat uyg‘otdi. Sayohat  davomida xodimlar tarixiy maskanlar, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan, necha ming yillar davomida o‘z xususiyati va ahamiyatini yo‘qotmagan meroslar bilan tanishar ekan, qalbida faxr va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urishi bilan bir qatorda, ularga munosib farzand bo‘lishga, ona Vatan ravnaqi uchun yanada mas’uliyat va sidqidildan mehnat qilishga ahd qildilar. Sayohatchilar kasaba uyushma bo‘linmasi Kengashiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Shuningdek, Samarqandning noyob me’moriy obidalari  hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan shaharda barpo etilgan madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar va shaharda qad ko‘tarayotgan binolarni tomosha qilishar ekan, ko‘hna va hamisha navqiron shahar deya ta’rif beriladigan  Samarqandning o‘tmishi qanchalik buyukligidan, keyingi yillarda bu yerda amalga oshirilgan o‘zgarishlar uning shuhratini yanada oshganligiga guvoh bo‘lishdi. Asosiysi, tarixi boy, kelajagi buyuk O‘zbekistonimizning farzandi, yuksak aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati bilan dunyoga mashhur ajdodlarning vorisi ekanldiklaridan  faxrlanganliklarini bildirishdi.

Yuqori darajada tashkil etilgan sayohat va unda taqdim etilgan ma’lumotlar xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tumani bo‘linmasi Kengashi  doimo xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yib, ishchi-xodimlarni e’tibordan chetda qoldirmay muntazam ravishda yordam qo‘lini cho‘zib keladi va ish beruvchilar bilan yelkama-yelka turib, barcha muammolar yechimini topadi.

Qarshi tumani ta’lim muassasalaridan borgan sayohatchilar Samarqanddagi tarixiy obidalarni jumladan A.Temur, Shoxi Zinda maqbaralarini, Registon maydonini hamda Ulug‘bek rasadxonasini va birinchi prezidentimiz I.Karimov qabrlarini ziyorat qilib, ko‘tarinki kayfiyatlar bilan o‘z manzillariga qaytib keldilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!