Mirishkor tumani dalalarida paxta terayotgan samarqandlik hasharchilar rag‘batlantirildi. 13 oktabr kuni Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul xodimi Ilhom Sabdarov 40 nafar samarqandlik ilg‘or terimchilarga viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning sovg‘alarini topshirdi. Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati xabarlariga ko‘ra, eng ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish tumanning barcha hududlarida davom etmoqda.