Mehnatkashlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish, ular o‘rtasida badiiy havaskorlikni, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan munosabatlarni rivojlantirish, yurt obodligi va farovonligini, istiqlolimizga shukronalik tuyg‘ularini madh etuvchi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, havaskor san’atkorlarning ijodini keng targ‘ib etish hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 14 maydagi BM-06/746 sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2018 yil 16 maydagi 12-9 “s” sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan “San’atim senga, obod yurtim” badiiy havaskorlik ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik tanlov viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish, ular o‘rtasida badiiy havaskorlikni, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan munosabatlarni rivojlantirish, yurt obodligi va farovonligini, istiqlolimizga shukronalik tuyg‘ularini madh etuvchi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, havaskor san’atkorlarning ijodini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilarining millati va yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda, fermer xo‘jaliklarida mehnat qilayotgan, kichik biznes va tadbirkorlik, kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan mehnatkashlar ham ishtirok etdilar.
Ko‘rik-tanlov 4 ta quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
an’anaviy ijrochilik;
estrada qo‘shiqchiligi;
cholg‘u ijrochiligi;
raqs ijrochiligi;
Ko‘rik tanlovda viloyatimizning shahar va tamunlaridan kelgan 70 nafar havaskor san’atkorlar o‘z dasturlari bilan qatnashdilar.
Tanlovda ishtirok etuvchilarning dasturlarida:
Mumtoz va o‘zbek bastakorlari tomonidan yaratilgan kuy-qo‘shiqlar, maqom sho‘balari;
Obod yurt va istiqlolni, farovon turmushimizga shukronalikni madh etuvchi qo‘shiqlar, kuy va raqslar;
millatlararo do‘stlikni ifoda etuvchi turli millat kuy-qo‘shiq va raqslarini ijro etdilar.
Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.