Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Savob ishni har kun qilmoq kerak.

????????????????????????????????????

    Navro‘z – yurtimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash hamda el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etuvchi, xalqimizning eng qadimiy va milliy bayramidir.

Shu munosabat bilan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan viloyatimizning Yakkabog‘ tumanida joylashgan “Saxovat” internat uyida istiqomat qiluvchi qariyalar holidan xabar olinib, ularga homiylik yordami ko‘rsatildi.

“Mazkur maskanda 3 yildan buyon istiqomat qilib kelmoqdaman. O‘zimning yaqinlarimdan ko‘rmagan yaxshilikni, mehribonchilikni shu yerdan ko‘rdim. Biz uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ertayu-kech yurtimizda tinchlik so‘rab, Prezidentimizni duo qilaman” – deydi Bozor bobo Soatov.

Shuningdek, birlashma kengashi tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 25 nafar yolg‘iz keksalarga va nogironlarga kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni qoplashga qaratilgan manzilli moddiy yordam ko‘rsatildi. 2 nafar farzand ko‘rmagan yosh oilalarning ishlaydigan a’zolari, 5 nafar ishlaydigan, kam ta’minlangan, ko‘p bolali, olis va chekka hududlarda yashovchi ayollar uchun “Umid gulshani” sanatoriysiga bepul yo‘llanmalar ajratildi.

Og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!