Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Saylov qonunchiligiga bag‘ishlandi.

  Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati tizimidagi tashkilot va korxonalarda joriy yilning oktabr oyi oxirgi juma kuni o‘tkazilgan “Ma’naviyat soati” tadbirlarida xodimlarning saylov jarayonidan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida  “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman”, “Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz”, “Mening ovozim Vatan kelajagiga daxldor”, “Biz tanlash huquqiga egamiz”, “Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz?” mavzularida ma’ruzalar, davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirlarda tarmoqdagi mehnat jamoalarining 11 ming nafardan ortiq kasaba uyushma a’zolari ishtirok etishdi.

  Shu yilning 11 noyabr kuni  tarmoq tarkibidagi viloyat ichki ishlar boshqarmasida, viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasida saylov qonunchiligini tushuntirishga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga keyingi yillarda kiritilgan o‘zgartirishlar haqida so‘z bordi, xodimlarning 30 dan ortiq savollariga javoblar qaytarildi.

  Shuningdek, tarmoq kasaba uyushmalari Kasbi, Mirishkor, Koson, Muborak tuman kengashlari tashabbusi bilan saylov qonunchiligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarlarda 3000 nafardan ortiq saylovchilar ishtirok etishdi. Tarmoq tizimida saylov qonunchiligiga bag‘ishlangan  targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

20140319_170544 20140319_165633 dsc_0028 20140319_165713

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!