Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarini Respublikamizning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi tarixiy shaharlariga hamda o‘z hududlaridagi diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlarini jadal rivojlantirish hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 26 fevraldagi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ishtiroki to‘g‘risida”gi 9-44 “s” sonli hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2018 yil 28 fevraldagi “Viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi X-202/02 sonli qarorlari xaqida” gi 11-41 “s” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashining viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jamoa shartnomalari va tarmoq kelishuvlariga asosan xodimlarning viloyatdagi ziyoratgohlarga, qadimiy arxitektura yodgorliklari va dam olish maskanlariga hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi tarixiy shaharlar hamda o‘z hududlaridagi diqqatga sazovor qadamjolarga jamoaviy va oilaviy dam olishini tashkil qilish maqsadida sayohatlar uyushtirildi.
Jumladan 19 mart kuni AITB “Ipakyo‘libank” Qarshi filiali xodimlarining Buxoro shahriga, viloyat soliq boshqarmasi xodimlarining Samarkand shahriga, 18 mart kuni ATB “Kishlok kurilish bank” Qashqadaryo mintaqaviy filiali xodimlarining Buxoro shahriga, 20 mart kuni viloyat kasaba uyushma tashkliotlari birlashmasi xodimlarining Buxoro shahriga, 19 mart kuni Mikrokreditbank ATB viloyat filiali xodimlarining Toshkent shahridagi gala konsertga, 19 mart kuni viloyat inkassatsiya boshqarmasi xodimlarining Samarqand shahriga, 22 mart kuni 9205 sonli harbiy qism xodimlarining Samarkand shahriga bir kunlik sayohatlari tashkil etildi. Ushbu dastur doirasida 700 dan ortiq kasaba uyushma a’zolari ishtirok etdilar.
Ushbu sayoxatlarda tur va ekskursiyalarni tashkil etishda mahalliy turoperatorlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi hamda xodimlar va ularning oila a’zolari uchun sayohatlarni uyushtirishda tadbirlar sifatiga va sayohatchilar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilish ishlari olib borilmoqda.