O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-401 sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi tizimidagi Yakkabog‘ tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasida ishlovchi 55 nafar ishchi-xodimlarning “O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qil!” shiori ostida 2024 yil 17-20 yanvar kunlari Buxoro, Xiva va Urganch shaharlariga sayohatlari tashkil etildi. Shundan 42 nafarini ishlovchi xotin-qizlar tashkil etadi. Xodimlar tarixiy obidalarning go‘zalligi va o‘ziga xosligini bilan tomosha qilishdi.