Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Seminar o’tkazildi.

Joriy yilning 16 iyun kuni Qarshi “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyatida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 apreldagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 246-sonli qarorining maqsad va vazifalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Seminar yig‘ilishida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI Qashqadaryo mintaqaviy inspeksiyasi hamda viloyatdagi don korxonalari  mehnatni muhofaza qilish muhandislari,  sex boshliqlari, tizimdagi don qabul qilish shahobchalari rahbarlari  hamda kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.

Qarshi “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish ishlab chiqarish bo‘yicha direktori G‘.Abdurahmonov seminar yig‘ilishini ochib, don qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida baxtsiz hodisalar va jarohatlanishlar, kasb kasalliklariga chalinishlarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, shuningdek korxonalarida mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish va ishlarni xavf-xatarsiz tashkil etishda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq amal qilish to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng “Sanoatgeokontexnazorat”DI Qashqadaryo mintaqaviy davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari S.To‘rayev so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentabrdagi qaroriga binoan ish o‘rinlarin mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarining  jarohatlash xavfliligi yuzasidan shahodatdan o‘tkazish, xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xolda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqa tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan o‘rnini qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi “Ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 177-sonli qaroriga binoan sug‘urta ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Seminar yig‘ilishida viloyat kasaba yushmalari tashkilotlari birlashmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘lim mudiri A.Xo‘jaqulov  tomonidan, ijtimoiy muloqat va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, mehnatkashlarning mehnatini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz, ekologik toza ish sharoitlarini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 apreldagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 246-sonli qarorining maqsad va  vazifalari to‘g‘risida  tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari tomonidan  berilgan savollarga seminarda ishtirok etayotgan mas’ul xodimlar tomonidan  tegishli javoblar berildi va mehnat muhofazasiga oid profilaktik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!