Joriy yilning 29 oktabr kuni O‘zbekiston Republikasi milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli 9205-harbiy qismda kasaba uyushma a’zolari hamda harbiy xizmatchilar oilalari ishtirokida “”Tinchlikni asrash mavzusida” davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbirda O‘zbekiston Republikasi davlat chegarlarini himoya qilish qo‘mitasi xotin-qizlar kengashining raisi Nargiza Bobojonova tinchlikni avaylab asrash, chegaramiz xavfsizligini ta’minlash xaqida ma’ruza qildi. Shuningdek, Qarshi shahar “Mahallot” mahallasi imom xatibi E.Sattorov, viloyat xotin-qizlar kengashi vakili hamda 9116, 9230 harbiy qism xotin-qizlar qo‘mitasi raislari ishtirok etishdi.