Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Shahrisabz shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma tashkilotida hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

     Shahrisabz shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma tashkilotida 2020 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 16-5 sonli,  O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari  kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2019 yil 27dekabrdagi 17-4- sonli, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari  kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi rayosatining 2020 yil 8 yanvardagi 9-9 “s” sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy-seminar tartibida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hisobot-saylov yig‘ilishida  maktab kasaba uyushma a’zolarining 72 nafari hamda 40 dan ortiq tashkilot, muassasalarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raislari ishtirok etdilar. Hisobot-saylov yig‘ilishini O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi raisi U.Ortiqov olib bordi.

            Dastlab yig‘ilish qatnashchilariga hisobot-saylov yig‘ilishini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tushuncha berildi.Yig‘ilishda ishchi rayosati va kotibi saylab olindi.Kun tartibidagi masala yuzasidan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Tursunova Dilnavoz boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan besh yil davomida 2015 yil mart oyidan 2020 yil fevralgacha  amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti tinglanib,  muhokama etildi. Muzokarada so‘zga chiqqanlar xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti ijobiy ishlar amalga oshirganligini, ularni rag‘batlantirish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalasi kasaba uyushma qo‘mitasi va maktab  ma’muriyatining diqqat markazida bo‘lganligi haqida to‘xtalib o‘tdilar. Kun tartibidagi keyingi masala bo‘yicha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining 5 nafar qo‘mita a’zoligiga nomzodlar  ochiq ovoz berish shakli orqali saylandilar. Boshlang‘ich kasaba uyushma a’zolari O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar tashkilotining konferensiyasiga delegat saylashda shahar kengashining delegatlikka belgilangan meyorga amal qilgan holda kasaba uyushma a’zolaridan Tursunova Dilnavozni muhokamadan o‘tkazib delegatlikka saylashdilar. Shahar kengashi raisi U.Ortiqov kasaba uyushma a’zolari oldida yangi saylangan maktab kasaba uyushma qo‘mitasining I tashkiliy yig‘ilishini olib bordi va yig‘ilish kun tartibiga masala yuzasidan qo‘mita a’zolari Umirov Baxriddin, Xasanova Lobar va bosh­qalar boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, bir qancha takliflarni o‘rtaga tashladi. Ko‘pchilik ovoz bilan Tursunova Dilnavoz yana boshlan­g‘ich tashkilot raisligiga saylandi.Shu bilan kasaba uyushma qo‘mitasi yig‘ilishi kun tartibiga  kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi va yig‘ilish yakunlandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!