O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroiya qo‘mitasining 2020 yil 7 oktyabrdagi “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavini faoliyatga joriy etish va kasaba uyushmasi tuman (shahar) bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizom haqida” gi 1-7 s-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 oktyabr kuni Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limining majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman Kengashi va Taftish komissiyasining Qo‘shma majlisi o‘tkazildi. Qo‘shma majlisga 18 nafar kengash va 5 nafar taftish komissiyasi a’zolari qatnashdi.
Qo‘shma Majlis kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- Kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman tashkiloti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;
- O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi Kengashi tarkibi to‘g‘risida;
- O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tarkibi to‘g‘risida;
- O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi Taftish komissiyasi tarkibi to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masalalar birma-bir ko‘rib chiqildi. Qo‘shma majlis qarori bilan kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman tashkiloti nomi “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi” deb o‘zgartirildi. Tuman bo‘linmasi Kengashi tarkibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Majlis so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Shuning bilan Shahrisabz tuman Kengashi va Taftish komissiyasining Qo‘shma majlisi o‘z ishini yakunladi.