Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Shahrisabz tuman Kengashi  va Taftish komissiyasining Qo‘shma majlisi o‘tkazildi.

     O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroiya qo‘mitasining 2020 yil 7 oktyabrdagi “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavini faoliyatga joriy etish va kasaba uyushmasi tuman (shahar) bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizom haqida” gi 1-7 s-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 oktyabr kuni Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limining majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman Kengashi va Taftish komissiyasining Qo‘shma majlisi o‘tkazildi.  Qo‘shma majlisga  18 nafar kengash va 5 nafar taftish komissiyasi  a’zolari  qatnashdi.

Qo‘shma Majlis kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

  1. Kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman tashkiloti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;
  2. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi Kengashi tarkibi to‘g‘risida;
  3. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi Kengashi  Ijroiya  qo‘mitasi tarkibi to‘g‘risida;
  4. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi Taftish komissiyasi tarkibi to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar birma-bir ko‘rib chiqildi.   Qo‘shma majlis qarori bilan kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman tashkiloti nomi “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman bo‘linmasi” deb o‘zgartirildi.  Tuman bo‘linmasi Kengashi tarkibiga tegishli  o‘zgartirishlar   kiritildi.

Majlis so‘ngida  ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Shuning bilan Shahrisabz tuman Kengashi  va Taftish komissiyasining Qo‘shma majlisi o‘z ishini yakunladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!